19:25 / 17.03.2016
1595

Brent nefti narxi 41 dollardan oshdi

Londondagi ICE birjasida savdolar vaqtida Brent nefti narxi 41 dollardan oshdi. Narxlar 41,43 dollargacha ko‘tarildi.

Neft narxi AQShdagi neft zaxiralari haqidagi ma'lumotlar chop etilgandan keyin o‘smoqda. AQShda neft zaxiralari prognoz qilingan 3,4 mln barrel o‘rniga 1,5 mln ga oshgan. Bundan tashqari, neft narxiga AQSh Federal zaxira tizimining tayanch stavkani 0,25-0,5 foizlik darajada qoldirish qarori ham ta'sir qilmoqda, buning oqibatida dollar zaiflashdi.

16 martda Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak neft qazib oluvchi davlatlar vakillarining navbatdagi uchrashuvi 17 aprelda Qatar poytaxti Dohada o‘tishini ma'lum qildi. Novak muzokaralar davomida tomonlar neft qazib olish hajmini muzlatish haqidagi hujjatni imzolashlari mumkinligini aytdi.

Top