23:47 / 17.03.2016
2152

London kabutarlari internet yordamida shahardagi ekologik vaziyatni kuzatmoqda

London kabutarlari odamlarga havoning ifloslanganligi darajasi haqida xabar berish uchun internetdan foydalangan holda shaharni kuzatmoqda, tvitterda post bermoqda va boshqa ishlarni qilmoqda. “Kabutar havo patruli” (Pigeon Air Patrol) loyihasida 10 ta kabutar ishtirok etmoqda. Ular atmosferada ozon, kislorod, karbonat angidrid va dizel mashinalar chiqaradigan azot dioksidini o‘lchovchi datchiklarga ega maxsus ryukzakchalar bilan ta'minlangan. 

Datchiklar kabutarlar uchish paytida ishlab chiqaradigan energiya hisobiga quvvatlanadi – bu 300 mVt elektr energiya bo‘lib, u datchiklar, GPS-treker, simsiz resiver va xotira modulining ishlashi uchun yetarli. Loyihaning rasmiy saytida real vaqt ichida har bir kabutarning o‘rnini kuzatish, shaharning turli qismlaridagi o‘lchovlar natijalarini ko‘rish mumkin. O‘z tumanidagi ekologik vaziyat bilan qiziquvchi har bir londonlik Twitter orqali loyiha tashkilotchilariga ularga kabutarlarni yuborishni so‘rashi mumkin. Qushlar yordamida yig‘ilgan barcha ma'lumotlar Twitter’da chop etib boriladi. Afsuski, ushbu loyiha vaqtinchalik amal qilib, undan maqsad katta shaharlarda havoning ifloslanishi muammosiga odamlarning e'tiborini jalb qilishdan iborat.

Top