00:32 / 17.03.2016
1659

NASA agentligi koinotda yong‘in uyushtirmoqchi

NASA koinot agentligi xavfsizlik tizimini sinovdan o‘tkazish uchun fazoda koinot kemasini yoqib yubormoqchi. Bu haqda Independent nashri xabar berdi. Tajriba Cygnus avtomatik yuk kemasi bortida o‘tkaziladi.

Kema Xalqaro koinot stansiyasiga navbatdagi yukni yetkazgach, undan xavfsiz masofaga uzoqlashganda uning bortida paxtadan tayyorlangan kompozit material va shishaplastikdan iborat quti yoqib yuboriladi. Shu tariqa tadqiqotchilar ochiq koinotda yong‘in qanday kechishini bilishmoqchi.

Bunday tajribalar avval ham kichik ko‘lamda o‘tkazilgan. Avvallari yong‘in maydoni bir necha santimetrdan katta bo‘lmagan.

Olimlarni alanga kattaligi va uning tarqalish tezligi qiziqtirmoqda. Maxsus datchiklar real vaqtda kislorod, karbonat angidrid va harorat haqida ma'lumotlarni yig‘adi. Bu ma'lumotlar fazogirlar uchun himoya vositalarini yaratishda yordam beradi.

Top