20:35 / 17.03.2016
1304

Sud Berluskonining o‘g‘lini 14 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonining o‘g‘liga 1 yilu 2 oylik qamoq jazosi belgilandi. Bu haqda Milan apellyatsiya sudi qaroriga asoslanib ANSA agentligi xabar tarqatgan.

Sud Mediaset holdingi vitse-prezidenti Per Silvio Berluskoni va uning kompaniyadagi yordamchisi Fedele Konfaloneri Mediatrade kompaniyasining kinomahsulotlarini namoyish qilish huquqini qo‘lga kiritishda moliyaviy firibgarlikni amalga oshirgan deb topdi.

Prokurorlar ayblanuvchilarga 3 yildan qamoq jazosi so‘rashgandi. Sud ularga 14 oydan qamoq jazosi tayinlagan.

2014 yilning iyulida bu ish bo‘yicha sud qilinganlar, jumladan kichik Berluskoni va Konfaloneri oqlangandi.

Top