21:05 / 17.03.2016
1462

TIVda Hindiston va BAA elchilari qabul qilindi

2016 yilning 17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Hindiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining dolzarb masalalari hamda O‘zbekistonning ShHTga joriy raisligi bilan bog‘liq boshqa mavzular muhokama qilindi.

Shu kuni TIVda Birlashgan Arab Amirliklari elchisi Muhammad Harab Almehrabi ham qabul qilindi va o‘zaro muhim masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Top