08:18 / 17.03.2016
1521

Tramp Putin va Klinton qiyofasidan o‘z roligida foydalandi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning instagramdagi akkauntida Demokratik partiyadan nomzod Xillari Klinton va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi video paydo bo‘ldi.

Videorolikda Putinning dzyudo jangida raqibini kuragiga ag‘darayotgani videosidan lavha, undan keyin niqob kiyib olgan terrorchi gavdalanadi. So‘ngra videoda Klintonning tasviriga akkilayotgan it tovushi qo‘yilgan tasvir, so‘ngra esa kulayotgan Putin tasviri keladi.

“Biz prezident sifatida shuni ko‘rmoqchimizmi?” deb izoh qoldirilgan video tagida va bu bilan Klinton xalqaro maydonda turli chaqiriqlarga qarshi tura olmasligiga shama qilingan.

Avvalroq Donald Tramp debatlar vaqtida Vladimir Putinni AQSh prezidenti Barak Obamadan kuchliroq yetakchi deb aytgan edi.

Top