12:23 / 17.03.2016
1860

Vijdonini yutgan ta'magirlar qo‘lga tushdi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidan davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat olib borayotgan “Shamshod-Shahzod-Shahrina” xususiy korxonasi rahbari O‘tkir Qayumov qonun talabi doirasida davlat sanitariya, epidemiologiya markazidan gigiyenik xulosa sertifikati olish maqsadida viloyat DSNEMga murojaat qiladi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Navoiy viloyati hududida akkreditatsiyadan o‘tmaganligi uchun bunday hujjatni viloyatga yaqin hudud Buxorodan olish mumkinligini tushuntirishdi. Buxoro viloyat DSENMda pullik xizmat ko‘rsatish va gigiyenik sertifikat berish bo‘limi mudiri vazifasida ishlab kelgan Hoji Safarovda O‘tkir Qayumov “qiziqish” uyg‘otadi. Markazda vrach-laborant vazifasida ishlovchi Baxtiyor Razzoqov bilan maslahatlashdi.

2015 yil 9 mart kuni Buxoroga sertifikat olgani kelgan O‘.Qayumovdan hujjatni berish uchun 600 ming so‘m ta'ma qilishdi. Ammo tadbirkorning o‘z haq-huquqlarini bilishi va zarur paytda tegishli organlarga xabar qilishi natijasida ta'magirlar qo‘lga olindi.

Top