17:54 / 18.03.2016
1436

«Atletiko» direktori YeChL 1/4 finalidagi «Barselona»ga qarshi o‘yinda imkoniyatlarni 50ga 50 deya baholadi

Madridning «Atletiko» klubi direktori Klemente Villaverde Yevropa chempionlar ligasining 1/4 final «Barselona»ga qarshi kechadigan uchrashuvi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Tasodifiy yo‘l «Barselona» bizga raqib bo‘ladigan bo‘ldi va buni qabul qilishimiz kerak.

Kataloniyaliklarga qarshi qattiq kurashish kerak bo‘ladi. Imkoniyatlar – 50 ga 50. Biz Ispaniya chempionatida qanchalik kuchli ekanimizni ko‘rsata olmoqdamiz.

Barcha raqiblarga qarshi o‘ynash murakkab. Ularning qo‘lidan nima kelishiga hurmat bilan qarash kerak», – deya Villaverdening so‘zlaridan iqtibos keltiradi UYeFA rasmiy sayti.

Top