17:47 / 18.03.2016
2307

Tsukerbergning Pekindagi ertalabki mashg‘ulotlari ekologiya va senzura haqida munozara keltirib chiqardi

Facebook rahbari Mark Tsukerberg o‘z sahifasida Pekinning Tyananmen maydonida ertalabki yugurish mashqlarini bajarish chog‘ida olingan suratini e'lon qildi. Suratga berilgan izohlarda XXR poytaxtining ifloslangan havosi va Xitoy internet-senzurasi to‘g‘risidagi bahs-munozaralar avj olib ketdi.

Tsukerberg yugurgan paytda, ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Pekin havosi o‘ta ifloslangan bo‘lgani tarmoq foydalanuvchilarini hayron qoldirgan. Bu haqda TechAsia portali Air Quality ilovasining skrinshotini dalil qilgan holda yozdi.

Shuningdek, foydalanuvchilar aynan 1989 yilda Tananmen maydonida talabalar qo‘zg‘olonining bostirilganini ham eslashdi. Bundan tashqari, ba'zilar Tsukerbergdan Xitoydagi qat'iy internet-senzurasiga qaramasdan suratni qanday chop eta olgani haqida so‘rashgan.

Ma'lumot uchun, Xitoy hududida feysbuk ijtimoiy tarmog‘i rasman yopiq.

 

Top