08:36 / 18.03.2016
1686

Yevropa ligasi: Chorak final ishtirokchilari nomi ma'lum bo‘ldi

17 mart oqshomida o‘tkazilgan o‘yinlar natijasida Yevropa ligasining chorak finaliga yo‘l olgan jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi.

Nimchorak final bosqichi doirasida o‘tkazilgan javob bahslarida «Latsio», «Valensiya», «MYu» kabi jamoalar musobaqani tark etdi.

Ispaniya jamoalari — «Valensiya» va «Atletik» o‘rtasidagi bahs taqdirini safarda urilgan gol hal qildi. Bilbaoda o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda minimal hisobda yutqazgan valensiyaliklar javob o‘yini davomida 2:0 hisobida oldinda borishdi, yana gol urish bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘lsada, ulardan foydalanilmadi. 73-daqiqada Aduris tomonidan urilgan javob goli «Atletik»ni chorak finalga olib chiqdi.

Chexiyaning «Sparta» klubi ajablantirishda davom etmoqda. Safarda 1:1 hisobida durang o‘ynagan «Latsio», o‘z maydonida «Sparta»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Chexiyaliklar «Krasnodar»ni deyarli shunday tarzda musobaqadan chiqarib yuborishgandi.

«Manchester Yunayted» ham Yevropa ligasini tark etdi. Mankunianliklar o‘z maydonlarda «Liverpul» bilan durang o‘ynashdi. «Enfild»dagi dastlabki uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Kechagi uchrashuvlardan so‘ng «Vilyarreal» (Ispaniya), «Borussiya» (Dortmund, Germaniya), «Sporting» (Portugaliya), «Shaxtyor» (Ukraina), «Sevilya» Ispaniya klublari chorak finalga yo‘l olishdi.

Bugun Toshkent vaqti bilan 17:00da Shveytsariyaning Non shahridagi marosim vaqtida Yevropa ligasining chorak final bosqichiga qur'a tashlanadi. Bu bosqichda ham bir mamlakat jamoalari o‘zaro uchrashishi mumkin. Nomi birinchi bo‘lib tortilgan sharda chiqqan jamoa birinchi uchrashuvga mezbonlik qiladi.

Turnirning chorak final uchrashuvlari 7-14 aprel kunlarida o‘tkaziladi.

Yevropa ligasi, nimchorak final, javob o‘yinlari
Bayyer (Germaniya) – Vilyarreal (Ispaniya) 0:0 (0:0, 0:0)
Bayyer – Leno, Belarabiy, Ta, Papadopulos (Ramalo, 79), Vendell, Chalxanoglu, Mehmediy (Kruz, 59), Kramer (Yurchenko, 68), Fray, Brandt, Ernandes.
Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar, Bayi, Ruis, Rukavina, Suares (Pedrasa, 90), Pina, Soriano, Kastilexo (Trigeros, 61), Bakambu, Soldado (Adrian, 74).
Ogohlantirishlar: Mehmediy (42), Rukavina (60), Papadopulos (73), Belarabiy (78), Bakambu (80).
Birinchi o‘yin: 0:2

Valensiya (Ispaniya) – Atletik (Ispaniya) 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 13 Santi Mina, 2:0 – 37 Aderlan Santos, 2:1 – 75 Aduris.
Valensiya – Rayan, Ruben Vezu, Mustafi, Aderlan Santos, Gayya, Danilo, Xavi Fuego (Parexo, 68), Andre Gomesh (Pako Alkaser, 83), Rodrigo (Feguli, 75), Negredo, Santi Mina.
Atletik – Yago Errerin, De Markos, Echeyta, Laport, Balensiaga (Inigo Lekue, 75), San Xose, Benyat, Sabin Merino (Iturraspe, 75), Raul Garsiya, Muniain (Susayeta, 25), Aduris.
Ogohlantirishlar: Santi Mina (40), Xavi Fuego (42), Raul Garsiya (45), Andre Gomesh (74), Laport (77), Ruben Vezu (83).
Birinchi o‘yin: 0:1

Latsio (Italiya) – Sparta Praga (Chexiya) 0:3 (0:3, 0:0)
Gollar: 0:1 – 10 Dochkal, 0:2 – 12 Kreychi, 0:3 – 44 Yulish.
Latsio – Marketti, Konko (Maurisio, 68), Bishevats, Xudt, Lulich, Bigliya, Parolo, Kandreva, Mauri (Felipe Anderson, 58), Keyta, Kloze (Matri, 58).
Sparta Praga – Bichik, Golek, Brabets, Nxamoynesu, Zagustel, Marechek, Vaxa (Mateyovski, 70), Frydek, Dochkal, Yulish (Konate, 58), Kreychi (Fatai, 83).
Ogohlantirishlar: Lulich (70), Frydek (78).
Birinchi o‘yin: 1:1

Anderlext (Belgiya) – Shaxtyor (Ukraina) 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Eduardo.
Anderlext – Proto, Nyuytink (Silla, 78), Mbodj, Desxaxt, Prat, Naxar, Defur, Baji (Tilemans, 71), Achimpong, Okaka Chuka, Ezekiel (Xassan, 71).
Shaxtyor – Pyatov, Kucher, Ismaili, Srna, Rakitskiy, Marlos (Eduardo, 90), Malishev, Kovalenko (Ordets, 88), Stepanenko, Tayson (Dentino, 83), Ferreyra.
Ogohlantirishlar: Nyuytink (12), Marlos (15), Defur (21), Kucher (36), Desxaxt (46), Ezekiel (65), Stepanenko (81).
Chetlatishlar: Kucher (84), Mbodj (86).
Birinchi o‘yin: 1:3

Sevilya (Ispaniya) – Bazel (Shveytsariya) 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 35 Rami, 2:0 – 44 Gameyro, 3:0 – 45 Gameyro.
Sevilya – Soriya, Mariano, Rami, Kolodzeychak, Tremulinas, Banega, Kristoforo, Reyyes, Iborra (Kryxovyak, 61), Kron-Deli (Eskudero, 52), Gameyro (Lorente, 69).
Bazel – Vatslik, Lang, Xoeg, Suxi, Safari, Byarnason (Fransson, 61), Djaka, Dzuffi, Shteffen, Delgado (Embolo, 61), Yanko (Itten, 71).
Ogohlantirishlar: Kolodzeychak (7), Shteffen (39), Embolo (90).
Birinchi o‘yin: 0:0

Manchester Yunayted (Angliya) – Liverpul (Angliya) 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 32, penalti Marsyal, 1:1 – 45 Koutino.
Manchester Yunayted – De Xea, Varela (Valensiya, 46), Smolling, Blind, Roxo (Darmian, 62), Kerrik (Shvaynshtayger, 70), Mata, Lingard, Fellayni, Marsyal, Reshford.
Liverpul – Minole, Klayn, Lovren, Sako, Milner, Lallana, Xenderson (Allen, 71), Emre Jan, Koutino, Firmino (Benteke, 85), Starridj (Oriji, 68).
Ogohlantirishlar: Blind (33), Koutino (42), Fellayni (50), Klayn (51), Shvaynshtayger (80), Firmino (83).
Birinchi o‘yin: 0:2

Tottenhem (Angliya) – Borussiya D (Germaniya) 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 24 Obameyang, 0:2 – 70 Obameyang, 1:2 – 73 Son Xeung Min.
Tottenxem – Loris, Tripper, Alderveyreld, Vimmer, Devis (Rouz, 13), Dayyer, Meyson, Lamela (Onoma, 75), Alli (Kerroll, 70), Son Xeung Min, Shodli.
Borussiya D – Vaydenfeller, Ginter, Subotich, Papastatopulos (Durm, 54), Vaygl, Pishchek, Shmeltser, Mxitaryan (Kagava, 71), Kastro, Obameyang, Roys (Pulishich, 60).
Ogohlantirishlar: Lamela (26), Kastro (65), Alderveyreld (79).
Birinchi o‘yin: 0:3

Braga (Portugaliya) – Fenerbaxche (Turkiya) 4:1 (1:1, 3:0)
Gollar: 1:0 – 11 Axmed Xassan, 1:1 – 45 Potuk, 2:1 – 69, penalti Jozue, 3:1 – 74 Stoilkovich, 4:1 – 83 Rafa Silva.
Braga – Mateus, Bayano, Ande Pintu, Boli, Marselo Goyyano, Jozue, Mauro, Vukchevich (Pedru Santush, 73), Rafa Silva, Axmed Xassan, Stoilkovich (Augusto, 90).
Fenerbaxche – Demirel, Ozbayrakly, Ker, Alvesh, Erkin, Potuk, Souza, Topal, Diyego (Kadlets, 73), van Persi (Fernandao, 78), Nani (Shen, 72).
Ogohlantirishlar: Topal (9), van Persi (31), Souza (44), Jozue (49), Demirel (66), Stoilkovich (79), Erkin (79), Shen (90).
Chetlatishlar: Topal (66), Potuk (87), Shen (90).
Birinchi o‘yin: 0:1

Top