18:49 / 18.03.2016
1795

Germaniyalik shifokorlar o‘zbekistonlik bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmoqda

16-22 mart kunlari Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti mutaxassislari O‘zbekistondagi bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

Tibbiy ko‘riklar 16-17 mart kunlari Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida, 18 mart kuni Jizzax va Sirdaryoda, 19 mart kuni Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida, 20 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlarida o‘tkaziladi.

Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, eng og‘ir deb topilgan bemor bolalar joriy yilning avgust oyida Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanish uchun 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan vaqtga jo‘natiladi, deb xabar qiladi “Sog‘lom avlod uchun” fondining sayti.

Ma'lumot uchun, 2002 yilda “Sog‘lom avlod uchun” fondi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti tomonidan uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi.

2015 yilning 18-25 iyun kunlari germaniyalik mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston hududlaridagi jami 505 nafarga yaqin bemor bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 35 nafar bemor bolalarning hujjatlari tanlab olinib, Germaniya klinikalarida sog‘lomlashtirilmoqda.

17 fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportidan 11 nafar bemor bolalar Germaniya klinikalarida davolanish uchun jo‘nab ketishib, o‘tgan yillar davomida Germaniyaga davolanish uchun jo‘natilgan 13 nafar bemor bolalar davolanish kurslarini o‘tab, 21 fevral kuni sog‘lomlashtirilib qaytishgandi.

Ushbu hamkorlikning davomi sifatida 16-22 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 martdagi 10-10/1-139-sonli tasdiqlangan Dasturi doirasida Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti mutaxassislari 16-17 mart kunlari Fondning tibbiy-ijtimoiy Markazi (Yunusobod tumani Sh.Rashidov ko‘chasi 94a-uy)da Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shuningdek, Jizzax va Sirdaryo (18 mart kuni – Jizzax shahri viloyat ko‘ptarmoqli bolalar tibbiy markazida) Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro (19 mart kuni – Qarshi shahri viloyat ko‘ptarmoqli bolalar tibbiy markazida), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Navoiy va Xorazm (20 mart kuni – Samarqand shahri viloyat ko‘ptarmoqli bolalar tibbiy markazida) viloyatlaridagi bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra eng og‘ir deb topilgan bemor bolalar joriy yilning avgust oyida Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanish uchun 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan vaqtga jo‘natiladi.

Top