20:01 / 18.03.2016
2050

Internet-bloger narsalar ustiga eritilgan metallarni quyib videoga olmoqda

Bloger Ernesto Gosalez YouTubeda Tito4re laqabi bilan mashhur bo‘lib, tarmoqda eritilgan metallar maishiy narsalar va moddalar bilan qanday reaksiyaga kirishishi haqida videolarni yuklamoqda.

O‘zining tadqiqotlarini u tennis to‘pi, poyabzallar, qalamlar va kokoslar bilan ham o‘tkazgan, lekin uning oziq-ovqatlar ustida o‘tkazgan sinovlari unga mashhurlikni keltirdi. O‘zining roliklarida Tito4re, misol uchun, popkorn, saqich, anor, kofe va kartoshka-fri bilan o‘tkazgan. Gosalez hattoki steykni eritilgan misda “qovurib”, uni tatib ko‘rmoqchi ham bo‘ldi.

Uning kanalidagi eng mashhur video «Makdonalds»ning big-maki ustida o‘tkazilgan sinov bo‘ldi. Bu rolikni Business Insider nashri maqolasidan so‘ng, haftada 4 million kishi ko‘rib chiqdi.

Izohlarda Tito4re uning sinovlarini hayotda takrorlamasliklarini so‘rab murojaat qildi, chunki u tadqiqotlarda ishlatadigan mis va alyuminiy 1000 va 600 °C haroratida eriydi.

“Men o‘tkazadigan sinovlar juda ham xavfli va ularni uyingizda hech qachon o‘tkazmang. O‘zingizni bo‘sh qo‘ying va bunday xavfli tadqiqotlarni o‘zimga qo‘yib bering”, deydi Tito4re.

 

Top