22:36 / 18.03.2016
1552

Internetda tarqalgan iPhone 7 suratlari Meizu Pro 6’niki bo‘lib chiqdi

Internetda bir necha kun aylanib yurgan, iPhone 7 smartfoniga tegishli ekani aytilayotgan korpus surati Meizu Pro 6 smartfoni korpusi surati bo‘lib chiqdi. Bu haqda Gizmo China nashri xabar bermoqda.

Bu haqda Meizu kompaniyasi vitse-prezidenti Li Nan ma'lum qildi. U Weibo ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari bilan muloqot vaqtida xuddi shu korpusda Meizu yozuvi bo‘lgan suratni chop etdi.

Nan telefon egalariga matbuot-anjumanda yangi flagmanni ko‘rsatib, “syurpriz” qilmoqchi bo‘lgan, biroq korpus iPhone’ga tegishli deyilishi boshlangandan keyin u yangi qurilmani avvalroq ko‘rsatishga qaror qildi.

Top