01:31 / 18.03.2016
1245

Konte “Chelsi”ga Bonuchchini taklif qilishi mumkin

Londonning “Chelsi” klubi yozda “Yuventus” himoyachisi Leonardo Bonuchchini xarid qilishi mumkin.

London klubini yozdan boshqarishi ehtimol qilinayotgan Antonio Konte 28 yoshli o‘yinchida Jon Terrining o‘rniga uzoq muddatli o‘rinbosarni ko‘rmoqda. Terrining klub bilan shartntomasi mavsum yakunlangach tugaydi.

Konte Bonuchchi bilan “Yuventus”da 2011-2014 yillardagi birgalikdagi faoliyatdan yaxshi tanish.

“Chelsi” jamoadagi mavjud futbolchilarga ishonch bildirib, yozda katta transfer kampaniyasini o‘tkazishni rejalashtirmayapti.

Terrining klubdagi kelajagi hanuzgacha aniqlashtirilmagan, biroq klub futbolchi ketadigan bo‘lsa, uning o‘rniga yozda boshqa o‘yinchi sotib olishga tayyor.

Top