17:04 / 18.03.2016
1596

Kurt Kobeynning quroli tushirilgan suratlar paydo bo‘ldi

AQSh politsiyasi Nirvana sardori Kurt Kobeynning qurolini ommaga havola etdi, deb xabar beradi CBS News.

Kobeyn 1994 yilning aprelida halok bo‘lgan. Musiqachi qurolining yangi suratlarini ayni damda Nirvana sardorining o‘limi bo‘yicha shug‘ullanayotgan Sietl politsiya bo‘limi xodimi, detektiv Maykl Tsesinski namoyish etdi.

Kobeynning vafotidan keyin 22 yil ichida Sietl politsiyasi juda ham ko‘p marta musiqachining o‘limi bilan bog‘liq hujjat va suratlarni chop etgan edi. Biroq qurolning surati hech qachon namoyish etilmagandi (faqatgina voqea sodir bo‘lgan joyda olingan ba'zi suratlarda qurol qisman ko‘rinishi mumkin).

Yangi suratlar CBS News murojaati orqali chop etildi. Qayd etilishicha, bu suratlar qurolni “potensial qotillik”ni yashirish maqsadida eritishgan, degan fitnali mish-mishlar to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Top