07:29 / 18.03.2016
1433

Nike tennischi Mariya Sharapova bilan yana hamkorlik qilishni boshlashi mumkin

Sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi prezidenti Trevor Edvards kompaniya roissiyalik tennischi Mariya Sharapova bilan yana hamkorlik qilishni boshlashi mumkinligiga ishora qildi.

“Har safar bunday vaziyatlar yuz berganda, bu juda ayanchli va yoqimsiz bo‘ladi. Biroq bizni ko‘pgina sportchilar ilhomlantiradi. Ular ham biz kabi oddiy odamlardir. Ularning ham boshqalar kabi o‘ziga yarasha kamchiliklari bor. Ba'zida bunday lahzalar ko‘p narsaga o‘rgatadi”, deb Edvards aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi Reuters axborot agentligi.

Nike doping mojarosi sababli Sharapova bilan hamkorlik qilishni to‘xtatishga qaror qilgandi.

Top