12:34 / 18.03.2016
1331

Pentagon rahbari Rossiyani global tahdidlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa qo‘ydi

Pentagon rahbari Eshton Karter 2017 yilgi mudofaa byudjyetini muhokama qilish davomida AQSh xavfsizligiga rahna soluvchi 5 ta global tahdidni aytib o‘tdi. U ushbu tahdidlar orasida Rossiyani 1-o‘ringa qo‘ydi. Byudjyet loyihasida AQSh armiyasi uchun 582,7 mlrd dollar sarflash taklif qilingan.

Karter tahdidlar ro‘yxatida Rossiyadan keyingi o‘rinlarga Xitoy, Shimoliy Koreya, Eron va xalqaro terrorchilikni qo‘ydi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi saytidagi xabarda aytildi.

“Bugungi kunda xavfsizlik borasidagi vaziyat oxirgi 25 yil ichidagidan keskin farq qiladi. U yangi yondashuvlarni talab qiladi”, deb aytdi Karter. U Rossiya va Xitoyni qurol-aslaha tizimini rivojlantirayotgan hamda ba'zi hududlarda AQShning yetakchiligini xavf ostiga qo‘yayotgan eng xavfli raqobatchilar sifatida ta'rifladi.

Karter 2017 yil uchun 582,7 mlrd dollarlik harbiy byudjyet so‘ramoqda, bu mablag‘lardan 523,9 mlrd dollari tayanch byudjyetni tashkil qiladi, qolgan 58,8 mlrd dollar xorijda shoshilinch operatsiyalarni o‘tkazish uchun sraflanadi.

Top