14:36 / 18.03.2016
1345

«Qayrat» Arshavinni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi

Rossiyalik futbolchi Andrey Arshavin Qozog‘istonning «Qayrat» klubi futbolchisi sifatida rasman tanishtirildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

34 yoshli yarimhimoyachi qozog‘istonliklar bilan yana bir yilga uzaytirish sharti bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Arshavin yangi jamoasida o‘ziga 28-raqamli futbolkani tanladi.

Arshavin bundan oldin «Kuban» jamoasida harakat qilgan, birinchi mavsumdan keyin jamoani tark etgandi. 

Top