15:21 / 18.03.2016
1401

Roy Kin: «Xuddiki «Manchester Yunayted»ga begona bo‘lganlar jamoaga yig‘ilib qolgandek»

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq yarimhimoyachisi Roy Kin «qizil iblislar»ning Yevropa ligasi 1/8 final «Liverpul»ga qarshi uchrashuvi (0:2, 1:1) borasida fikr bildirib o‘tdi.

«Men rostan ham «Manchester Yunayted» bilan so‘nggi bir-ikki yilda sodir bo‘layotgan voqealardan afsusdaman. Xuddiki «Manchester Yunayted»ga begona bo‘lganlar jamoaga yig‘ilib maydonga tushgandek taassurot paydo bo‘lmoqda.

Men jamoada o‘ynagan paytlarda jamoaning o‘yinidan rohatlanib, o‘zimni uch metrlik odamdek his qilardim. «Liverpul»ga qarshi uchrashuvda jamoa ishtirokida hech narsani ko‘rmadim. Mersisaydliklarga omad kulib boqqanida kamida 5-6ta gol kiritgan bo‘lishardi», deya ta'kidladi Kin.

Manba: tribuna.uz

Top