15:26 / 18.03.2016
1665

To‘qqizta maxluq-yulduz kashf etildi

Hubble kosmik teleskopi to‘qqizta salmoqli maxluq-yulduzlarni aniqladi. Ularning har biri Quyoshdan kamida 100 barobar og‘irroq. Tadqiqot natijalari Monthly Notices of the Royal Astronomical Society jurnalida, qisqacha Science va NASA saytlarida ma'lum qilindi.

Barcha “yulduzchalar” R136 yulduzlar to‘plami Tarantul tumanligida Yerdan 170 ming yorug‘lik yili masofada joylashgan. Kashf etilgan yulduzlarning umumiy yorug‘ligi Quyosh yorug‘ligidan 30 million barobar ko‘p. Ular fanga ma'lum og‘ir yulduzlarning eng katta guruhini tashkil etadi.

Har oy ushbu yulduzlar atrofga yer massasi og‘irligidagi materiya chiqaradi. Buning sababi zamonaviy astronomiyaga ma'lum emas.

Top