16:47 / 18.03.2016
2191

Trampni dunyodagi eng jirkanch odam deb atashdi

To‘rt kun davomida milliarder Donald Trampni tanqid ostiga olgan ochiq xat matnini 4 milliondan ortiq foydalanuvchi o‘z sahifasida bo‘lishdi.

Bu Facebook ijtimoiy tarmog‘i tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Maktubga 65 ming atrofida izoh qoldirilgan.

Tramp qoralangan ushbu post Humans of New York fotoblogi sahifasida ma'lum qilingan. Loyiha muallifi Brendon Stentonning yozishicha, u so‘nggi ikki yil davomida ko‘plab Eron, Iroq va pokistonliklar bilan, shuningdek, juda ko‘p musulmon qochqinlardan intervyu olgan. Bu unga dunyodagi eng jirkanch va nafratga to‘la odam – Tramp deb xulosa qilishga imkon beradi.

Stentonni g‘azabga keltirgan sabablar - Trampning shafqatsizlikni rag‘batlantirishi, terroristlarning oila a'zolarini qiynoqqa solish va o‘limga mahkum etishni tatbiq etish tarafdori ekani, qochqinlarni ilonlar bilan taqqoslashi, shuningdek, “islom bizdan nafratlanadi” deb oshkora bong urishi.

Humans of New York —2010 yilda ishga tushirilgan fotoblog. Sahifalarida Nyu-Yorkdagi nufuzli odamlarning portretlari va ularning hayoti haqidagi suhbatlardan parchalar e'lon qilinadi. Ular asosida chop etilgan kitob o‘ta ommalashib ketgan edi.

Top