15:33 / 19.03.2016
4923

“Lokomotiv” futbol maktabi 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalar uchun tanlov e'lon qildi

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi qoshidagi futbol maktabi O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2016 yilning “Sog‘lom ona va bola” yili e'lon qilinishi munosabati bilan 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tanlov e'lon qildi.

Jamoa rasmiy saytida “Lokomotiv” – bu bilim, kuch, tarbiya, sog‘lik va farzandingiz uchun ajoyib kayfiyat!” shiori bilan e'lon berilgan.

Unda aytilishicha, barcha mashg‘ulotlar futbol maydoni va usti yopiq zallarda o‘tkaziladi. Har bir murabbiy qo‘lida 8-12 nafar tarbiyalanuvchi bo‘ladi. Yosh futbolchilar Ispaniya, Italiya, Angliya va Germaniya futbol maktablarida keng qo‘llaniladigan dasturlar yordamida futbol ko‘nikmalaridan boxabar bo‘lishadi.

Bolalar maktabda futbol qoidalari bilan tanishib, o‘zining yetakchilik qobiliyatini yaratishi, do‘stlari bilan muloqot qilishni o‘rganishi mumkin.

Tanlov 1 mayga qadar davom etadi.

Tanlov 1 mayga qadar davom etadi.
Kerakli hujjatlar: tug‘ilganlik haqida guvohnoma, 3x4 rasm, tibbiy ma'lumotnoma.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, TTZ-2 dahasi, “Lokomotiv” stadioni.
Murojaat uchun telefon: +99871 2862412

Top