09:46 / 19.03.2016
1508

Angry Birds qahramoni BMTning iqlim bo‘yicha elchisiga aylandi

Mashhur Angry Birds o‘yini va u asosida yaratilgan multfilmning qahramoni BMTning atrof-muhit bo‘yicha faxriy elchisiga aylandi. Bu haqda Fox News xabar bergan.

Qayd etilishicha, asosiy marosim BMT bosh idorasida bo‘lib o‘tdi. Angry Birds Happy Planet aksiyasi boshlanganligini BMT bosh kotibi Pan Gi Mun aytib o‘tdi va u Qizil (Red) qahramonga “BMTning fahrli elchisi” bog‘ichini taqib qo‘ydi.

“Angry Birds dunyo bo‘ylab millionlab insonlarning qo‘nglidan joy olgan va endilikda ular hayotimizni yanada yaxshilashga hissa qo‘shishadi”, - deya ta'kidladi Pan Gi Mun.

Mazkur aksiyada ishtirok etish uchun #AngryBirdsHappyPlanet xeshtegi ostida ikkinchi marotaba qayta ishlab chiqarilgan mahsulotlardan yoki jamoat transportlaridan foydalanish paytidagi xabarlar va fotosuratlarni joylashtirish kerak bo‘ladi.

Aktsiya tashkilotchilari - Sony Pictures kompaniyasi, BMT rivojlanish dasturi (UNDP) va BMT jamg‘armasi. Tadbirda Angry Birds rejissyori hamda qushlarga ovoz bergan aktyorlar - Jyeyson Sudeykis, Josh Ged, Mayya Rudolf ham ishtirok etdi.

Top