18:10 / 19.03.2016
1605

Moskva Rostovdagi aviahalokatda o‘zbekistonlik yo‘lovchi halok bo‘lgani tufayli O‘zbekistonga hamdardlik bildirdi

Rossiya TIV Rostov-Don aeroportidagi aviahalokat natijasida bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

"Halok bo‘lganlarning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz", — deyiladi xabarda.

Rossiya TIV Rostov aeroportiga tashrif buyurayotgan ushbu halokat qurbonlari bo‘lgan xorijlik yo‘lovchilarning yaqinlariga zarur yordamlar ko‘rsatilishi bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Dubaydan uchib, Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar (55 kishi) va ekipaj a'zolari (7 kishi) halok bo‘lgan.

Rostovda halokatga uchragan samolyotda bo‘lganlarning to‘liq ro‘yxati e'lon qilindi

Fly Dubai aviakompaniyasi Rostovda qulagan Boeing samolyotida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini tasdiqladi

Top