11:40 / 19.03.2016
1434

Qozog‘istonda parlament saylovlaridan oldingi “jimlik kuni” boshlandi

Qozog‘iston milliy parlamentida Majlis (quyi palata)ga saylov boshlanishidan oldingi “jimlik kuni” kirdi. Saylovoldi tashviqotlarning barchasi to‘xtatildi. Ko‘chalarda osilgan bilbord va bannerlar esa o‘z joyida qoldirilgan. Bu holat Qozog‘iston qonunchiligiga zid kelmaydi.

Ayni damda Qozog‘iston parlamentiga bo‘ladigan saylovda mamlakatning olti siyosiy partiyasi ishtirok etmoqda. Ular: mamlakat prezidenti rahbarligidagi “Ak Jol” partiyasi, “Nur Otan” partiyasi, Qozog‘iston kommunistik xalq partiyasi, “Birlik” partiyasi, “Auil” xalq demokratik vatanparvarlik partiyasi va Umummilliy sotsial-demokratik partiyasi.

Top