09:34 / 19.03.2016
1220

Rostov-Don aeroporti Boeing-738 halokati tufayli yopib qo‘yildi

Rostov-Don aeroporti 19 mart kuni tonggida aeroport yaqinida Boeing-738 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchraganidan keyin yopib qo‘yildi. Bu haqda TASS agentligi aeroportdagi manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Manbaning aytishicha, aeroport mahalliy vaqt bilan soat 6:00da yopilgan.

Xabar qilinishicha, samolyot yerga qulab tushgach, portlab ketgan.

"Samolyot qulagach portlagan va yona boshlagan. Ayni vaqtda yong‘in o‘chirilgan", deydi manba.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 55 nafar yo‘lovchi hamda 6 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning 4 nafari bolalar edi.

Eslatib o‘tamiz, 19 martga o‘tar kechasi, Moskva vaqti bilan soat 3:40da Rostov viloyati hududida qulab tushgan Boeing 737-800 samolyotining bortidagi barcha yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari halok bo‘lgan.

Top