11:12 / 19.03.2016
1269

Rostov viloyatida samolyot halokati munosabati bilan 20 mart kuni motam e'lon qilindi

Rossiya federatsiyasining Rostov viloyatida 20 mart kuni «Boing» samolyotining halokati bilan bog‘liq ravishda motam kuni e'lon qilindi. Bu haqda Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev jurnalistlarga xabar qilganini TASS ma'lum qilmoqda.

“Ertaga motam kuni e'lon qilinadi. Hukumat tomonidan halok bo‘lganlarning oilalariga yordam ko‘rsatiladi”, - deydi u.

Rostovda halokat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtab tashkil etilgan.

Halok bo‘lganlarning qarindoshlari bilan FVVning ruhshunoslari ishlamoqda.

Shuningdek, marhumlarning yaqin qarindoshlari uchun ishonch telefonlari xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Dubaydan Rostov-Donga uchgan layner qo‘nish uchun takroriy kirgan vaqtida halokatga uchragan. Qo‘nishga birinchi muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng, u ikki soatu to‘qqiz minut mobaynida aeroport hududida bo‘lgan. Qo‘nishga ikkinchi urinish falokat bilan tugagan.

Samolyot bortida 55 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zolari bo‘lgan.

Top