21:30 / 19.03.2016
1223

Saloh Abdislomga Parij terakti tashkilotchiligi uchun rasman ayblov e'lon qilindi

Belgiya poytaxti Bryussel shahrida 18 mart kuni Parij teraktining bosh tashkilotchisi sifatida qo‘lga olingan Saloh Abdislomga nisbatan rasman ayblov qo‘yilgani e'lon qilindi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Abdislom bilan birgalikda Bryusselda o‘tkazilgan maxsus amaliyot vaqtida qo‘lga olingan Munir Ahmad Alyahga ham ayblov e'lon qilingan. Amaliyot vaqtida qo‘lga olingan uchinchi shaxs Abid A.ga esa terrorchi tashkilot va jinoyatchilarga yordam berish aybli qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, Molebankdagi amaliyot natijasida qo‘lga olingan yana bir Jamila M ismli gumonlanuvchi jinoyatchilarga aloqador emasligi aniqlanib, qo‘yib yuborilgan. Yana bir ayol ham ayblov e'lon qilinmasdan ozod qilingan.

Abdislomning advokati Belgiya huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilishini va mijozining Fransiyaga topshirilishiga rozi bo‘lmasligini bildirgan.

2015 yilning 13 noyabr kuni Parijda sodir etilgan, 130 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan teraktlar Belgiyadan turib muvofiqlashtirib borilgani aniqlangach, mamlakat politsiyasi jinoyatchilarni tutish borasida o‘tgan vaqt ichida keng miqyosli operatsiyalar o‘tkazdi.

Parij teraktlarini amalga oshirishda asosiy gumonlanuvchi hibsga olindi

Top