22:16 / 20.03.2016
1525

“Barselona” “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvda yutuqni qo‘ldan chiqardi

“Barselona” Ispaniya Primerasining 30-turida mehmonda “Vilyarreal” bilan 2:2 hisobida durang natija qayd qildi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida kataloniyaliklar Ivan Rakitichning goli evaziga hisobda oldinga chiqib qoldilar. 1-bo‘limning oxirida Neymar 11 metrlik jarima to‘pini aniq amalga oshirdi.
Biroq “Barsa” 0:2 hisobi bilan oldinda borayotganiga qaramasdan o‘z ustunligini qo‘ldan chiqardi: 54-daqiqada Sedrik Bakambu birinchi javob to‘pini kiritdi, 6 daqiqa o‘tib esa Jyeremi Matyo o‘z darvozasiga avtogol kiritib qo‘ydi.

Shu o‘yingacha Primeraning oxirgi 12 ta o‘yinida ketma-ket g‘alaba qilib kelayotgan “Barsa” 76 ochko to‘plagan holda, hali ham 1-o‘rinni egallamoqda hamda 2-o‘rinda borayotgan “Atletiko” (67 ochko) bilan farqni oshirish imkoniyatini boy berdi. “Vilrreal” esa 54 ochko to‘plagan holda, 4-o‘rinni egallamoqda.

Ispaniya Primerasi, 30-tur
Vilyarreal – Barselona – 2:2
Gollar: Rakitich, 20 (0:1); Neymar, 41 (0:2, pen); Bakambu, 57 (1:2); Matyo, 63 (2:2, avtogol).

Top