22:41 / 20.03.2016
1711

“Sautgempton” “Liverpul” ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Angliya Premer-ligasining 31-turida “Sautgempton” o‘z maydonida “Liverpul”ga 0:2 hisobida yutqaza turib, 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdagi hisob 17-daqiqada Filippe Koutino (0:1) tomonidan ochildi. Besh daqiqa o‘tib Deniyel Starrij ustunlikni 2 ta gol farqiga oshirdi (0:2). 

“Avliyolar” tanaffusdan keyinoq gol urish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, biroq Sadio Mane penaltini amalga oshira olmadi. Biroq Manening o‘zi hisobdagi farqni 64-daqiqadagi goli evaziga qisqartira oldi (1:2). So‘ngra Grasiano Pelle hisobni tenglashtirdi (2:2), Mane esa yana bitta gol kiritib, Ronald Kuman shogirdlariga g‘alaba keltirdi (3:2).

“Sautgempton” g‘alaba evaziga 47 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida “Liverpul”dan (44 ochko) o‘tib ketishga muvaffaq bo‘ldi, biroq Yurgen Klopp shogirdlari ikkita o‘yin kam o‘tkazishgan.

Angliya Premer-ligasi. 31-tur
Sautgempton – Liverpul – 3:2
Gollar: Koutino, 17 (0:1); Starrij, 22 (0:2); Mane, 64 (1:2); Pelle, 83 (2:2); Mane, 86 (3:2).

Top