00:43 / 20.03.2016
1307

Boeing aviahalokatida halok bo‘lganlarning qoldiqlari ekspertizaga yetkazildi

Rostov-Don shahrida Boeing samolyoti aviahalokatida halok bo‘lganlarning qoldiqlari Rostov-Dondagi sud-tibbiyot ekspertiza byurosiga yetkazildi, deb xabar berdi TASS.

«Ertaga halok bo‘lganlarning shaxslarini aniqlash uchun ularning qarindoshlarining DNK probalarini olishni boshlaymiz. Bu jarayonni tezroq amalga oshirishimiz uchun Moskvadan mutaxassislarni jalb etamiz», deb e'lon qildi Rostov viloyati hukumatining vakili.
Avvalroq, Davlataro aviatsiya qo‘mitasi mutaxassislari samolyotning «qora quti»larini tekshirishni boshlashganligi haqida xabar berilgan.

Top