21:43 / 20.03.2016
1578

Buffon Italiya chempionatining darvozalar daxlsizligi davomiyligi bo‘yicha rekordini o‘rnatdi

“Yuventus” darvozaboni, afsonaviy Janluiji Buffon Italiya chempionati rekordini o‘rnatdi.

Turin jamoasi darvozaboni chempionatlar tarixida darvozalar daxlsiz qolgan eng uzoq davom etgan seriyani o‘tkazdi. Avval bu rekord “Milan”ning sobiq darvozaboni Sebastyano Rossiga tegishli edi. Rossi 1993/94 yillardagi mavsumda 929 daqiqa davomida darvozasidan birorta gol o‘tkazib yubormagan.

Buffonning “quruq” seriyasi 20 martda o‘tkazilgan “Torino” bilan uchrashuvgacha 926 daqiqa davom etgandi. Shuning uchun unga rekordni o‘rnatish uchun o‘yinning dastlabki 4 daqiqasida o‘z darvozasini daxlsiz qoldirishi kifoya qilardi va u buning uddasidan chiqdi.

Biroq keyinroq uchrashuvning 48-daqiqasida “Torino” futbolchisi Andrea Belotti Buffonning darvozasiga penaltidan gol kiritib, bu rekordni 974-daqiqada to‘xtatdi.

Uchrashuv turinliklarning 1:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Yuve” safida gollarni Pogba, Xedira, Morata (dubl) kiritdilar.

Top