16:42 / 20.03.2016
1374

Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi Boeing “qora quti”si jiddiy shikastlanganini ma'lum qildi

Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi (DAQ) Rostov-Donda aviahalokatga uchragan FlyDubai kompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti “qora quti”si jiddiy shikastlanganligini ma'lum qildi. Bu haqda DAQ rasmiy saytida ma'lum qilingan.

“Avtomatik ovoz yozib oluvchi ushbu qurilma jiddiy mexanik shikastlangan”, — deyiladi taqdim etilgan ma'lumotda.

Shuningdek, DAQ mutaxassislari BAA va fransiyalik mutaxassislar bilan birga qurilmani ta'mirlash, uni qayta tiklash va axborot olish bo‘yicha ish olib borishayotgani ma'lum qilingan.

Top