12:07 / 20.03.2016
1520

Gollivud tepaligida inson bosh chanog‘ini topishdi

Los-Anjyelesdagi Gollivud tepaligida joylashgan belgi ostidan inson bosh chanog‘ini topishdi, deb xabar bermoqda mahalliy politsiya ma'lumotiga asoslanib, Associated Press nashri.

Ma'lum qilishlaricha, bosh chanog‘ini ikki sayyoh topgan. Uning yoshi bir necha yillarga borib taqalishini taxmin qilishmoqda. Topilmaning boshqa qismlarini qidirish ishlari boshlab yuborilgan.

Ma'lumot uchun: Gollivud tepaligida joylashgan “Hollywood” belgisi reklama sifatida 1923 yilda o‘rnatilgan edi.

Top