22:08 / 20.03.2016
1468

Samolyot yo‘lovchisi qo‘lidagi iPhone 6 alangalanib ketdi

Vashingtondan Gonoluluga reys amalga oshirayotgan samolyotda yo‘lovchi qiz qo‘lidagi iPhone 6 smartfoni o‘z-o‘zidan alangalanib, butkul yonib ketgan. Bortkuzatuvchilar alangani tezda o‘chirishdi va samolyot Gavayiga beshikast qo‘ngan. AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi va smartfonni ishlab chiqaruvchi Apple kompaniyasi ushbu holatni tergov qilishni boshlashdi, deb xabar bermoqda ABC telekompaniyasi.

Yo‘lovchining aytishicha, u smartfonida film tomosha qilib o‘tirganda smartfondan 20 sm keladigan alanga tillari chiqa boshlagan. Qiz smartfonni polga uloqtirib yuborgan, smartfon o‘rindiq ostiga dumalab ketgan. Alanga kuchayib ketib, sarosima boshlangan.

Oqibatda smartfon butkul yonib ketgan, uning korpusi qiyshayib, erib ketgan.

Alaska Airlines aviakompaniyasi vakilining aytishicha, AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi operativ holda alanga chiqishi sababini aniqlay olmagan. O‘z navbatida Apple voqea tafsilotlarini o‘rganish uchun smartfon egasi bilan bog‘langan.

Top