13:49 / 21.03.2016
1413

“MYu” futbolchisi Rashford Manchester derbisida to‘p kiritgan eng yosh futbolchi bo‘ldi

“Manchester Yunayted”ning 18 yoshli hujumchisi Markus Rashford 20 martda Angliya chempionatining 31-turida “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvdagi yagona to‘p muallifiga aylandi hamda Manchester derbisi tarixida to‘p kiritgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Rashford bu golni kiritganida uning yoshi 18 yil 141 kunni tashkil qildi.
Uchrashuv 0:1 hisobida mankunianliklar foydasiga hal bo‘ldi.

“MYu” tarbiyalanuvchisi bu borada Ueyn Runining rekordini yangiladi: Runi 2005 yilda “Manchester Siti”ga 19 yoshida gol kiritgandi. Uchrashuvning o‘zi esa 2:0 hisobi bilan yakunlangandi.

Rashford joriy mavsumda APL doirasida “MYu” tarkibida 4 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol muallifiga aylandi.

Top