16:53 / 21.03.2016
1662

Barak Obama Kubaga tashrif buyurdi (fotogalereya)

Amerika prezidenti Barak Obama AQSh prezidentlari orasidan so‘nggi 90 yil ichida Kubaga ilk bor tashrif buyurgan prezident bo‘ldi. Air Force One samolyoti Gavandagi Xose Marti nomli xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan. Barak Obama o‘z tashrifini “tarixiy imkoniyat” deb atagan, deb yozmoqda Associated Press.

Barak Obama Kubaga uchib keldi

Barak Obama Kubaga uchib keldi

Barak Obama, uning rafiqasi Mishel hamda qizlari Maliya va Sasha

Ma'lum qilishlaricha Kuba prezidenti Raul Kastro AQSh prezidentini aeroportda kutib olmagan. Uning o‘rniga Obamani Kubaning yuqori martabali amaldorlari kutib olishdi. Suratda Barak Obama (o‘ngda) va Kuba TIV rahbari Bruno Rodriges (chapda)

AQSh prezidenti qizlari Maliya va Sasha

Gavana ahli

Barak Obama rafiqasi bilan AQShning Kubadagi elchixonasi xodimlari bilan uchrashuvda

Barak Obama rafiqasi bilan AQShning Kubadagi elchixonasi xodimlari bilan uchrashuvda

Suratlar manbasi: Carlos Barria/Reuters

Top