21:14 / 21.03.2016
1198

FlyDubai aviakompaniyasi Rostov-Donda 22 martdan boshlab parvozlarni qayta tiklaydi

FlyDubai aviakompaniyasi 22 martdan boshlab Rostov-Dondagi parvozlarini qayta boshlaydi, deb xabar bermoqda kompaniya vakili ma'lumotiga tayanib The Wall Street Journal.

“Biz aviahalokatda qurbon bo‘lganlar xotirasini hurmat qilgan holda reyslardan FZ981 raqamini olib tashladik va uning o‘rniga FZ935 raqamini joriy etdik”, — dedi kompaniya vakili.

Avvalroq davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi bir oyidan keyin Boeing “qora quti”sidagi yozuvlarni e'lon qilishini ma'lum qildi.

Top