09:22 / 21.03.2016
1949

Gollivud tepaliklarida odam bosh suyagi topilgandan keyin bog‘ning bir qismi yopib qo‘yildi

Los-Anjyelesdagi Gollivud tepaliklaridagi Hollywood yozuvi yonida odamning bosh suyagi  topilgandan keyin bog‘ning bir qismi vaqtinchalik yopib qo‘yildi, deb xabar bermoqda CBS News telekanali. 

Avval ma'lum qilingandek, suyakni ikki sayyoh topib olgan. Taxmin qilinishicha, suyakning yoshi bir necha yilni tashkil qiladi.

Politsiya Bronson kanoniga sayyohlar odam suyaklari topishgani haqida xabar olgandan keyin yetib kelgan. Voqea joyida koroner va qotilliklarni tergov qilish bo‘limi mutaxassislari ish olib borishgan.

Ta'kidlanishicha, 2012 yilda ham bu yerda odam suyaklari topilgandan keyin qotillikda gumon qilingan shaxs hibsga olingandi.

Top