21:55 / 21.03.2016
2445

Inson tanasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanuvchi protez paydo bo‘ldi

Meksikalik olim Maks Ortiz Katalan (Max Ortiz Catalan) dunyodagi birinchi inson tanasidagi to‘qimalarga (suyak, mushak, nerv) to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanuvchi protezni yaratdi. Tadqiqot Geteborg (Shvetsiya) shahrida joylashgan Chalmers texnologik universitetida Salgrens shifoxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Olim tomonidan yaratilgan qurilma, inson tanasidagi suyak to‘qimasi bilan implant o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish amalga oshirilish texnologiyasi-osteointegratsiyani qo‘llash orqali inson tanasining yo‘qolgan qismi tiklanishi imkoniyatini beradi. Avvalroq, osteointegratsiya faqatgina stomatologiyada qo‘llanilgan.

Implantatsiyani amalga oshirishning yagona sharti bu immunitet tizimining qarshi reaksiyasini chaqiruvchi materiallardan qurilmani yasamaslik xisoblanadi. Ishlab chiqilgan qurilma inson suyagiga titan implantlari bilan ulanadi va elektrodlar tizimi esa mushaklar hamda asab tolalari bilan ulanib, protezga barqaror signalni yuborishga imkon beradi. Bu texnologiya aniq harakatlarni amalga oshirishda yordam beradi.

Shvetsiyaning Xaparanda (Haparanda) shahrida istiqomat qiluvchi Magnus Niska shunday protez o‘rnatilgan dunyodagi birinchi inson bo‘ldi. Qurilmani ulash bo‘yicha operatsiya unga 2013 yilning yanvar oyida amalga oshirilgan. Uning so‘zlariga qo‘ra, protez unga avvalgi xayot tarzini qaytarib berdi va ishlay olishga imkon yaratdi.

Markusning robotlashtirilgan qo‘li nafaqat idroq orqali boshqarish, balki narsalarni ushlab, his etish imkonini beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u million dollarli lottereya bileti yutib olgandek o‘zini his etar ekan.

“Titan implantlari bo‘yicha operatsiyalar hozircha faqatgina AQSh, Yevropa, Avstraliya va Chilida amalga oshirilmoqda, bunday texnologiya tibbiyotda bemorlar uchun ishlatiladigan “oltin qoida” bo‘lib qoladi, degan umiddaman”, - deb ta'kidladi Maks.

Top