17:35 / 21.03.2016
1204

Janubiy Koreya HHK KXDRning raketa uchirishlari munosabati bilan harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

21 mart kuni Janubiy Koreya Harbiy havo kuchlari samolyotlari sun'iy tarzda hosil qilingan KXDRning raketa bazasiga hujumlar uyushtirib, harbiy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi.

Unda 16ta qiruvchi samolyot va 2ta harbiy transport samolyoti ishtirok etdi. Janubiy Korey HHKdagi manbaning ma'lum qilishicha, bu mashg‘ulotdan maqsad harbiy aviatsiyaning jangovar tayyorgarligini oshirish hisoblanadi.

Mashg‘ulotlarda yangi tipdagi F-15K, F-16 i FA-50 qiruvchi samolyotlari, shuningdek 2ta Lockheed C-130 Hercules harbiy transport samolyoti qatnashgan.

Oxirgi vaqtlarda Koreya yarim orolidagi vaziyat taranglashib bormoqda. 21 mart kunining birinchi qismida Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon raketa uchirdi. Raketalar 200 km masofaga qadar uchib borgan. Keyingi 2 haftada Pxenyan 3 marta shunday ishni amalga oshirdi, bundan oldin 10 mart va 18 mart kunlari dengizga qarata raketalar yo‘llangandi.

Top