17:29 / 21.03.2016
1510

KXDR Yapon dengizi tomon raketa uchirdi

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon raketa uchirdi, deb xabar bermoqda «Renxap».

Yaqin radiusga bir necha raketalar Yapon dengizi tomon uchirilgan, deb qo‘shimcha qilmoqda agentlik. Janubiy Koreya harbiylarining tasdiqlashicha, raketalar mahalliy vaqt bilan 15:19 da (Toshkent vaqti bilan 11:19) Shimoliy Koreyaning shimoli-sharqida joylashgan Xamxin shahridan uchirilgan. Raketalar 200 km masofaga qadar uchib borgan.
“Biz vaziyatni izchillik bilan kuzatib bormoqdamiz”, — dedi koreyalik harbiylar.

Top