21:51 / 21.03.2016
2098

Marriott kompaniyasi Starwood Hotels & Resorts Worldwide mehmonxona tarmoqlarini 13.6 mlrd dollarga sotib olmoqda

Amerikaning Marriott mehmonxona tarmog‘i katta mehmonxona va kurort-ko‘ngilochar majmualar egasi bo‘lgan Starwood Hotels & Resort kompaniyasi bilan sotib olish ishlari bo‘yicha 13.6 milliard dollarli bitim imzoladi. Bu haqida kompaniya rasmiy saytidagi bayonot orqali xabar berdi.

Starwood va Marriott o‘rtasidagi kelishuv natijasida 100dan ziyod mamlakatlarda 5.5 mingdan ortiq mehmonxonalarga ega dunyodagi eng yirik otel operatorga aylanadi.
“Biz kompaniyasining dunyoga mashhur Marriott tashkiloti orqali Starwood brendlari ham rivojlanishiga ishonamiz”, - deyiladi bayonotda.

Starwood Hotels & Resorts Worldwide kompaniyasi o‘nlab mehmonxona brendlarini o‘z ichiga oladi: St. Regis, The Luxury Collection, W, Westin, Le Mridien, Sheraton,Tribute Portfolio, Four Points by Sheraton, Aloft, Element. Starwood kompaniyasi 1.2 mingdan ortiq turdagi obektlarga ega bo‘lib, jumladan, ko‘ngilochar va kurort majmualari mavjud. Ularning deyarli yarmi Shimoliy Amerikada joylashgan. Kompaniyada taxminan 180 mingta ishchi faoliyat yuritadi.

Top