07:36 / 21.03.2016
8147

Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Aziz yurtdoshlar, Kun.uz o‘quvchilari! Sizni kirib kelgan bahoriy yasharish va yangilanish, sharqona yangi yil debochasi Navro‘zi olam bilan Kun.uz tahririyati nomidan chin dildan muborakbod etamiz!

Navro‘zi olam o‘lkamizga qadam qo‘yishi bilan har birimiz yon-atrofimizdagi tabiatning uyg‘onishi, kurtaklar va gul-chechaklar ochilishi, bahor nafasidan bahramand bo‘lamiz.

Shunday kunlarda xalqimizga tinchlik-omonlik, sog‘liq-salomatlik, barcha ezgu niyatlari ushalishini tilab qolamiz. Dalalarda allaqachon ishlarni boshlab yuborgan zahmatkash bobo-dehqonlarimizga mo‘l-ko‘l hosil, ishlarida rivoj tilaymiz.

Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch bo‘lsin! Xonadonlarimizdan mehr-oqibat, fayzu baraka arimasin! Barchangizni bahoriy kayfiyat tark etmasin!

Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,

Yurakda muattar chechaklar kular,

Bir suluv kelinchak salomga kelar –

Ostonaga bosh ur, aziz mehmonim!

Navro‘zing muborak, O‘zbekistonim!

Top