20:02 / 21.03.2016
1435

Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga 500 mingdan ko‘proq muxlis tashrif buyurmoqchi

Qatarda 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga 500 mingdan ko‘proq muxlis tashrif buyurmoqchi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Chempionat tashkilotchilari mehmonxonada joylasha olmaydigan muxlislarni stadionlar yaqinidagi “beduinlar uslubidagi” maxsus qarorgohlarda joylashtirishmoqchi.

“Qatardagi jahon chempionatida biz Yaqin Sharqning mehmondo‘stligi va samimiyatini ko‘rsatmoqchimiz. Shuning uchun biz shundoqqina yulduzlar ostida tunashni istaydigan muxlislarni joylashtirish g‘oyasini faol rivojlantirmoqdamiz”, deb aytdi 2022 yilgi jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi vakili.

Qatardagi jahon chempionati 21 noyabrdan 18 dekabrgacha Qatarning 7 ta shahari – Doxa, Lusail, Al-Vakra, Al-Xora, Al-Rayona, Umm-Salol va Madinat-ash-Shamolada bo‘lib o‘tadi.

Top