15:32 / 21.03.2016
1391

Sankt-Peterburgda tunda 12ta yuk mashinasi yonib ketdi

Sankt-Peterburg shahrining Viborgsk tumanidagi avtoturargohda 12ta yuk mashinasi yonib ketdi.

Polyustrovskiy shohko‘chasi, 75 uydagi yong‘in haqidagi xabar 21 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 02.05da kelib tushgan. O‘tni o‘chirish uchun 2,5 soat vaqt sarflangan

Qayd etilishicha, 12ta avtomobil butunlay yonib ketgan. Yong‘in natijasida jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilgan.

Top