17:44 / 22.03.2016
2302

“H&M”ning chiqindilardan tayyorlangan ko‘ylaklari muzey eksponatiga aylandi

“H&M”ning bir qancha ko‘ylaklari Parijning “Les Arts Décoratifs” manzarali san'at muzeyi eksponatlariga aylandi. La Depeche nashrining xabariga ko‘ra, so‘z qayta ishlangan materiallardan tikilgan “Conscious Exclusive” kolleksiyasining ko‘ylaklari haqida ketmoqda.

Bu ko‘ylaklar “Fashion Forward — Three Centuries of Fashion” ko‘rgazmasida ham taqdim etiladi. Ko‘rgazmada oqshom liboslaridan tashqari, “H&M”ning mashhur dizaynerlari, masalan, Karl Lagerfeld, bilan hamkorlikda tayyorlangan ko‘ylaklari ham taqdim etiladi.

“Conscious Exclusive” kolleksiyasidagi ko‘ylaklar qayta ishlangan shishadan tayyorlangan mayda munchoq toshlar va sun'iy qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Kiyimlarni yaratishda, qayta ishlangan denimdan tayyorlangan denimitdan foydalanilgan. Kolleksiya sotuvga aprel oyida chiqarilib, narxi 15 yevrodan 500 yevrogacha o‘rnatiladi.

Top