09:05 / 22.03.2016
1266

BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaga qarshi sanktsion ro‘yxatdan 4 kemani chiqarib tashladi

BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya bilan bog‘liq bo‘lgan 4 ta kemadan sanksiyalarni bekor qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Kemalar Shimoliy Koreyaning Ocean Maritime Management Company kompaniyasiga tegishli 31 ta kemadan iborat sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lgan.

Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Lyu Tszeining ta'kidlashicha, sanksiyalar bekor qilinishi haqidagi qaror kemalar kompaniyaga tegishli emasligi haqida ma'lumot olingandan keyin qabul qilindi. Tszei bu borada “Agar siz xato qilsangiz, uni to‘g‘rilaysiz” deb fikr bildirgan.

O‘z navbatida bir amerikalik amaldor BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar kiritish bo‘yicha qo‘mitasi Xitoydan kemalarda Shimoliy Koreya fuqarolari bo‘lmasligi haqida yozma kafolat olgandan keyingina kemalardan sanksiyalar olinganini aytdi.

Top