09:22 / 22.03.2016
1313

IShID jangarilari AQShning Iroqdagi yangi bazasiga takroriy hujum qildi

IShID jangarilari AQShning Iroqdagi o‘t ochishni qo‘llab-quvvatlash bazasiga uch kun ichida ikkinchi marta hujum qildi, deb xabar bermoqda CNN nashri.

AQSh boshchiligidagi aksilterrorchilik koalitsiyasining rasmiy vakili Stiv Uorrenning aytishicha, 10 ga yaqin qurollangan jangari Firebase Bell bazasiga yaqinlashmoqchi bo‘lgan, ulardan 2 nafari yo‘q qilingan, qolgani esa yashirinishga qaror qilgan. Koalitsiya qo‘shinlaridan hech kim jarohat olmagan.

Uorrenning ta'kidlashicha, jangarilar vertolyot va texnikaning harakatlanishini yaqqol ko‘rish mumkin bo‘lgani sababli bazaning joylashgan o‘rnini biladi. “Siz 200 piyoda askarni yashira olmaysiz”, deb aytdi Uorren.

Bazada piyoda askarlardan tashqari, maxsus bo‘linmalarning 200 ga yaqin harbiysi ham bor.

Avvalroq Iroqda yangi ochilgan bazaning jangarilar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida bir nafar amerikalik askar halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Baza terrorchilar egallagan Mosul shahriga iroqlik harbiylarning hujumini artilleriya bilan qo‘llab-quvvatlash uchun ochilgan.

Top