10:59 / 22.03.2016
2318

Shuhrat Qayumov 22-23 mart kunlari Istiqlol san'at saroyida konsert beradi

Xabaringiz bor Toshkentning muhtasham “Istiqlol” san'at saroyida 22-23 mart kunlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumovning konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu konsert dasturining ajralib turuvchi jihati shundaki, unda kuylanajak qo‘shiqlarning bari jonli ijroda kuylanadi. Chunki qo‘shiqni jonli ijroda kuylash, avvalo, xonandaning mahoratidan darak beradi, qolaversa, tinglovchining ham kayfiyatiga ijobiy ta'sir etadi. Qo‘shiq yangrayotgan davrada, muhitda o‘zgacha tarovat paydo bo‘ladi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov ko‘p yillardan beri o‘zining dilga yaqin qo‘shiqlari bilan xalqimiz mehrini qozongan xonanda sifatida e'tirof etib kelinadi. Uning repertuaridagi qo‘shiqlarni jonli tinglash esa dillarga o‘zgacha surur, o‘zgacha farah indiradi.

Top